Ko'rinish
Yozuv o'lchami
Davlatimiz rahbarining “Chorvachilik tarmog‘i va yaylov xo‘jaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq endilikda chorvachilik va uning tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan qator imtiyoz va qulayliklar beriladi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori Orif Bo‘tayev Mo‘g‘ulistonning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Daadankhuu Batbaatar bilan uchrashdi.
Musobaqa davomida Qo‘mita markaziy apparati hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari va muassasalari xodimlaridan iborat jamoalar o‘zaro kuch sinashib, yuqori sport mahorati, jamoaviylik va hamjihatlik namunasini ko‘rsatdilar.
Joriy yilning 20-aprel kuni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F. Boboyev hamda Avstriya qishloq xo‘jaligi klasteri Bosh direktori H. Viezer o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.