VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH QO‘MITASI RAISI BAHROM NORQOBILOVNING "30-IYUN – YOSHLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH QO‘MITASI RAISI BAHROM NORQOBILOVNING

Qadrli navqiron do‘stlarim!


Siz, azizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Mamlakatimizda 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan iyun oyi an’anaviy tarzda “Yoshlar oyligi” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Shu kunlarda mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan Butunjahon yoshlar festivali ham O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak e’tibor namunasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu anjumanda 92 ta mamlakatdan 700 nafardan ziyod chet ellik yoshlar, 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning vazirlik va idoralaridan rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etmoqda. Eng muhimi, yurtimiz yoshlarining butun dunyoda do‘stlari, hamkorlari ko‘paymoqda, bilim va kasb o‘rganish, global muloqot va almashuvlarda ishtirok etish imkoniyatlari kengaymoqda.

Men bugun veterinariya va chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarimizni, qo‘mita tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni 30-iyun – “Yoshlar kuni” bilan samimiy muborakbod etaman.

Soha ravnaqi uchun chin yurakdan, astoydil vazifalarini ado etayotgan yosh mutaxassislarimizga ulkan shijoat tilayman!

Barchangizga bayram muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!