OLIY DARAJADAGI O‘ZBEKISTON - MO‘G‘ULISTON MUZOKARALARIDA VETERINARIYA VA CHORVACHILIK SOHASIDA HAMKORLIK IMZOLANDI

OLIY DARAJADAGI O‘ZBEKISTON - MO‘G‘ULISTON MUZOKARALARIDA VETERINARIYA VA CHORVACHILIK SOHASIDA HAMKORLIK IMZOLANDI

Mo‘g‘iliston prezidentining oliy darajadagi tashrifi chog‘ida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov va Mo‘g‘uliston hukumatining Ijrochi agentligi Veterinariya xizmati bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Narantuya bilan veterinariya va chorvachilik tarmoqlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.
Jumladan Mug‘ulistonning yirik importer korxonalaridan bo‘lgan “Lyukssolyushn” va “GOLS” LLC kompaniyalari bilan dastlabki bosqichda ikki mln. AQSh dollaridan ortiq parrandachilik mahsulotlarini (iste’mol tuxumi va parranda go‘shti) O‘zbekistondan Mug‘ulistonga eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi “ENTER ENGINEERING” korxonasi o‘z ehtiyojlari uchun Mug‘ulistondan ikki ming tonnaga yaqin qora mol va qo‘y go‘shtini import qilishi yuzasidan “METAGRO” va “GANTIX MAX” kompaniyalari bilan kelishuvga erishdi .