Yangi tashkil etilayotgan Serologiya bo‘limida tashkiliy ishlar va zamonaviy uskunalar bilan tanishildi

Yangi tashkil etilayotgan Serologiya bo‘limida tashkiliy ishlar va zamonaviy uskunalar bilan tanishildi

O‘simliklar himoyasi va veterinariya dori vositalari tahlil markazi rahbariyati tomonidan Sinov laboratoriyasi tarkibida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Serologiya bo‘limida olib borilayotgan tashkiliy ishlar bilan tanishildi.

Tashrif davomida qon tarkibidagi kimyoviy mikro va makroelementlar miqdorining yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlashga qaratilgan laboratoriya faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bo‘lim uchun yangi olib kelingan zamonaviy laboratoriya uskunalarining texnik xususiyatlari, ishlash tamoyillari hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar laboratoriya faoliyatini takomillashtirish, tahlil imkoniyatlarini kengaytirish va veterinariya sohasida zamonaviy diagnostika usullarini joriy etishga xizmat qiladi.