“Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, zamonaviy laboratoriya tahlillari va sifat nazorati” mavzusida seminar tashkil etildi

“Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, zamonaviy laboratoriya tahlillari va sifat nazorati” mavzusida seminar tashkil etildi

“Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, zamonaviy laboratoriya tahlillari va sifat nazorati” mavzusida seminar tashkil etildi

Seminar o‘tkazilgan joy: O‘simliklarni himoya qilish va veterinariya dori vositalari tahlil markazi.
Seminar ishtirokchilari: Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari mutaxassislari.
Mazkur seminar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy laboratoriya tahlil usullarini o‘rganish, sifat nazoratini takomillashtirish hamda mutaxassislarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Seminar ikki qismdan — nazariy-trening va amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ldi.
1. Nazariy-trening mashg‘ulotlari
Trening davomida oziq-ovqat mahsulotlarining mikrobiologik xavfsizligini baholash, mahsulotlar tarkibida uchrashi mumkin bo‘lgan mikroorganizmlarni aniqlash, laboratoriya tahlillari sifatini oshirish hamda zamonaviy sinov usullarini amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, laboratoriya tekshiruvlarining ishonchliligini ta’minlash, tahlil natijalarining aniqligini oshirish va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha bilim va tajribalar almashildi.
2. Amaliy mashg‘ulotlar
Seminarning amaliy qismida ishtirokchilar markazning Oziq-ovqat mahsulotlari va Mikrobiologiya bo‘limlaridagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Laboratoriya tekshiruvlarini tashkil etish, namunalar bilan ishlash, zamonaviy laboratoriya uskunalaridan foydalanish hamda oziq-ovqat mahsulotlari namunalarini tahlil qilish jarayonlari yuzasidan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, namunalar ustida tajribalar o‘tkazilib, laboratoriya tahlillarining muhim bosqichlari amaliy ravishda o‘rganildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, mikrobiologik tahlillar va sifat nazorati bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish hamda laboratoriya faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan muhim tajriba va ko‘nikmalar shakllantirildi.
Bunday seminar va amaliy mashg‘ulotlar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, laboratoriya tekshiruvlari sifatini yaxshilash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.