✅ Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda Birlashgan millatlar tashkiloti va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamkorligida “2026-yil – Xalqaro yaylovlar va chorvadorlar yili” munosabati bilan xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Ta’kidlash kerak, “Xalqaro yaylovlar va chorvadorlar yili”ning maqsadlaridan biri chorvachilik yerlarini barqaror boshqarishni yaxshilash uchun siyosiy muloqotni yangi bosqichga olib chiqishdir.
✅ Xalqaro anjumanga tayyorgarlik davomida qo‘mita tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2025-yili respublika bo‘ylab barcha yaylovlar xatlovdan o‘tkazildi. Yaylovlar holatiga aniqlik kiritildi. Ayni vaqtda yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni boshqarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, sohaga oid muammolar va takliflarni muhokama qilish maqsadida ochiq muloqot ham o‘tkazildi.