VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH QO‘MITASI RAISI BAHROM NORQOBILOVNING 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH QO‘MITASI RAISI BAHROM NORQOBILOVNING 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar!

Bugungi shonli bayram – 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79-yilligi munosabati bilan mo‘’tabar faxriylarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Ushbu qutlug‘ kunda insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushda jasorat ko‘rsatib, bashariyatni fashizm balosidan saqlab qolgan qahramon ota-bobolarimiz hamda front ortida mardona mehnat qilib, g‘alabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan mard va olijanob yurtdoshlarimiz xotirasiga yuksak hurmat-ehtirom bajo keltiramiz.

Ushbu sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, xususan, mamlakatimiz veterinariya sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan, bir-biridan ilmli va Vatan ravnaqi yo‘liga tinmay xizmat qilib kelayotgan sadoqatli shogirdlar yetishtirgan, ayni paytda nafaqat farzandlarining, balki yurtdoshlarimizning e’zoz-u e’tiborida bo‘lgan fidoyi faxriylarimizni va sohamizda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi samimiy tabriklayman!

Barchangizga tan sihatlik, uzoq umr, xonadonlaringizdan baxt-omad, qut-baraka arimasligini tilayman. Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!