Mustaqilligimizning 33 yillik bayramini munosib nishonlash, aholini sogʻlom turmush tarziga daʼvat etish, sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish maqsadida 24-25-avgust kunlari butun respublikamiz boʻylab umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda. Bugun "Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo'shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo'yicha davlat ilmiy markaz" rahbariyati, xodimlari uyushgan holda umumxalq hashari tashkil etib, obodonlashtirish ishlarini olib borishdi. Xodimlar tomonidan ilmiy markaz hududi va xonalari tartibga keltirildi, tegishli yer maydonlari tozalanib, xazonlar yigʻildi. Umumxalq hashari ilmiy markazda qizgʻin davom etmoqda.
Ilmiy markaz axborot xizmati.!!!