Qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Akbarov boshchiligidagi Qo‘mita delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Eron Islom Respublikasida bo‘ldi.
Tashrif davomida Eron veterinariya tashkiloti raxbari Aliriza Rafipur bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda veterinariya soxasida amaliy hamkorlikni yuqori darajaga olib chiqish, xususan hayvonlar transchegaraviy kasalliklarini oldini olish, qarshi kurashish va veterinariya nazorati ostidagi mahsulotlar eksport va importini jadallashtirish, veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishdagi ilm-fan yutuqlari bilan bo‘lishish masalalarida aloqalarni mustahkamlashga kelishildi.
Tomonlar yuqoridagi masalalar yuzasidan samarali muloqot va maʼlumot almashish maqsadida ikki tashkilot vakillaridan iborat qo‘shma ishchi guruhi tashkil etishga kelishib olindi.