Qo‘mitada "O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston do‘stlik jamiyati" taʼsischilarining birinchi taʼsis majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mitada

Qo‘mitada "O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston do‘stlik jamiyati" taʼsischilarining birinchi taʼsis majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita mutaxassislaridan tashqari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalar bo‘yicha qo‘mitaning mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov so‘zga chiqib, do‘stlik jamiyatining asosiy maqsad-vazifalari, iqtisodyot, ilm-fan, taʼlim sohalarida keng qamrovli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, bu borada ikki tomonlama hamkorlikning tartib-tamoyillari xususida maʼruza qildi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, qishloq xo‘jaligi, taʼlim va boshqa ko‘plab sohalarda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, qator natijalarga erishilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida, bugungi kunga qadar yurtimizda 42 ta do‘stlik jamiyatlari mavjud.