Qo‘mita raisining tegishli buyrug‘iga asosan Nurbek Yo‘ldoshev Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktori lavozimiga tayinlandi.
Nurbek Yo‘ldoshev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Veterinariya dori vositalari va mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish davlat ilmiy nazorat markazi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.