Qo‘mita raisi “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi

Qo‘mita raisi “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha soha va tarmoqlarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovasion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy yangilanishga erishish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi- Norqobilov Baxromjon To‘rayevich “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi.