Qashqadaryoda “Chorvachilikni kompleks rivojlantirish dasturi” mavzusida muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov va qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari, bank rahbarlari va boshqa vakolatli tashkilotlar mutaxassislari ishtirok edi.
Uchrashuvda tadbirkorlarning muammolari, xusasan loyihalarni amalga oshirishda kredit mablag‘lari ajratilishi, suv va yer bilan ta’minlash, soliq to‘lovlari hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda subsidiya ajratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikda ishga tushirilayotgan loyihalar ijrosi sustligi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Ayrim muammo va kachiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.