Joriy yilning 11 oktyabrь kuni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʼmitasi raisi Bahrom Norqobilov hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi rahbari oʼrinbosari Yuka Sonoyama oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Muzokaralar davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JАYKА) ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qiymati 200 million АQSh dollarlik “Oʼzbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish” loyihasining ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi. oyiha doirasida yaorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan fermer va dehqon xoʼjaliklari, qayta ishlovchi korxonalarga imtiyoli kredit mablagʼlarini ajratish koʼzda tutilgan. Loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish maqsadida amalga oshirish lozim boʼlgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, 2024 yildan boshlab JАYKАning grant mablagʼlari hisobidan Oʼzbekistonning veterinariya va chorvachilik sohasi mutaxassislarining Yaponiyada malakasini oshirish boʼyicha kurslar tashkil etish boʼyicha kelishuvga erishildi.