O'zbekiston va Belarus Chorvachilik sohasida amaliy loyihalar amalga oshiriladi

O'zbekiston va Belarus Chorvachilik sohasida amaliy loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikalari o‘rtasida O‘zbekiston-Belarus hududlarining II xalqaro forumida Chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarida ikki tomonlama amaliy loyihalar amalga oshirishga kelishib olindi.
Ushbu forum davomida "Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati: O‘zbekiston va Belarus uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida panel muzokaralar o‘tkazildi.
Xususan, muzokaralar davomida ikki davlat vakillari Chorva mollari uchun ozuqa bazasini shakllantirish, yem-xashak ekinlarini yetishtirish bo‘yicha tajriba almashish. Shuningdek, Chorvachilik yo‘nalishi sut va go‘sht yo‘nalishidagi chorva mollarini introduksiya qilish yuzasidan ikki tomonlama amaliy loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi. Shu bilan birga tomonlar uchrashuv yakunida Chorva mahsulotlarini (sut va go‘sht) birlamchi saqlash va qayta ishlash yo‘nalishi bo‘yicha tajriba almashish masalalarini muhokama qilindi va aynan ushbu sohada hamkorlik qilishga kelishib oldi. Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, davlat veterinariya xizmatida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi.