O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida chorvachilik sohasida hamkorlik rivojlantirilmoqda

O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida chorvachilik sohasida hamkorlik rivojlantirilmoqda

✅ Joriy yilning 20-aprel kuni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F. Boboyev hamda Avstriya qishloq xo‘jaligi klasteri Bosh direktori H. Viezer o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

???? Uchrashuv davomida, chorvachilik va naslchilik sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

✅Xususan, Avstriyaning go‘sht va sut yo‘nalishidagi Simmental zotini, shuningdek uning urug‘i va embrionini O‘zbekistonga olib kirish hamda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

✅ Shu bilan birga, soha mutaxassislarining malakasini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda naslchilik ishlarini takomillashtirish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.