O'zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi rahbariyati laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishdi

O'zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi rahbariyati laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Ishchi guruh Veterinariya dori vositalari va mahsulotlarini sinovdan o'tkazish davlat ilmiy nazorat markazi bo‘lib, veterinariya dori vositalari, vaksinalar, biologik preparatlar hamda ozuqa qo‘shimchalarining sifati va xavfsizligini baholash, ularning amaldagi talablarga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ishlar bilan tanishdi.

Prezidentimizning sohani isloh qilishga qaratilgan farmon va qarorlari asosida mazkur laboratoriya oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasiga integratsiya qilinib, “daladan dasturxongacha” tamoyili asosidagi yagona nazorat tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida faoliyat yuritmoqda.

Laboratoriyada go‘sht, sut, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlari tarkibida antibiotiklar, gormonlar hamda inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa kimyoviy moddalarning qoldiq miqdori aniqlanadi. Tahlillar davomida belgilangan me’yordan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan hollarda bunday mahsulotlarning iste’mol bozoriga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.