So‘nggi yillarda davlatlararo munosabatlar izchil rivojlantirmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoevning 2019-yil yanvar oyida Germaniyaga rasmiy tashrif bilan borishi va o‘sha yilning may oyida Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga kelishi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichda rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.