O'ZBEKISTON CHORVADORLARI BAVARIA FEDERAL YERI CHORVACHILIK XO'JALIKLARIDA TAJHRIBA ALMASHINADI

O'ZBEKISTON CHORVADORLARI BAVARIA FEDERAL YERI CHORVACHILIK XO'JALIKLARIDA TAJHRIBA ALMASHINADI

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qoʼmita raisi rahbarligidagi delegatsiyaning Germaniya Federatsiyasi, Bavariya Oziq-ovqat, qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vazirligiga tashrifi davomida Vazirning birinchi oʼrinbosari janob Xubert Bitlmayer bilan boʼlib oʼtgan suhbatda Bavariyaning chorvachilik sohasidagi boy tajribasini oʼrganish maqsadida Oʼzbekistondagi yirik chorvachilik xoʼjaliklarining rahbar va mutaxassislaridan 20 nafarini joriy yilning dekabr oyidan tajriba almashinish maqsadida Bavariya Federativ yeriga yuborishga kelishildi.Shuningdek, Bavariya Qishloq xoʼjaligi vazirligining taklifiga koʼra Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʼmitasida chorvachilik yoʼnalishlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis kadrlar Bavariya Qishloq xoʼjaligi vazirligining markaziy apparatida bir oydan uch oygacha boʼlgan muddatda malka oshirish maqsadida xizmat safariga yuborilishiga kelishildi