Tadbirda Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi direktori Inomjon Azimov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi direktori Azizjon Eminov iştirok etib, takomillaştirilgan alifbodagi özgarişlar, harflarning yozilişi va qöllanilişi xususiyatlari yuzasidan ma’lumot berdilar.
Ta’kidlanganidek, sönggi ön yil davomida özbek alifbosini takomillaştiriş böyiça ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va jamoatçilik muhokamalari ötkazilib, ularda olimlar, yozuvçilar, pedagoglar, axborot texnologiyalari mutaxassislari, naşriyot vakillari hamda boşqa soha mutaxassislari iştirok etgan.
Muhokamalar davomida amaldagi alifbodagi Ö, Ğ, Ş va Ç harflarini yoziş va qöllaş bilan boğliq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, takomillaştirilgan alifboda Ö, Ğ, Ş va Ç belgilarini klaviaturada qulay yoziş imkoniyatlari, davlat idoralaridagi ma’lumotlar bazalari hamda elektron hujjat aylanişi tizimlarini yangi alifboga moslaştiriş masalalari körib çiqildi.
Seminar yakunida iştirokçilarning mavzu yuzasidan bergan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.