Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi ta’lim-tarbiya sohasi xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga eng ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman!
Bugun, har bir inson taqdiri, jamiyat ravnaqini belgilashda chinakam fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylar kasb bayramini nishonlayapmiz.
Barcha sohalar qatorida veterinariya va chorvachilik sohasida ham ta’lim, ilm-fan sohasi tubdan o‘zgarishi talab etilmoqda. Sohada ilm, innovatsiya va ta’limsiz zamonaviy veterinariya xizmatiga erishib bo‘lmaydi.
Asosiy maqsadimiz, sohaga hissa qo‘shishni xohlagan har bir yosh, intiluvchan "qora ko‘z"larga to‘liq sharoit yaratib berish, ularning ilmiy salohiyatini oshirishdir. Soha har jihatdan rivojlanar ekan, insonlarning ham shubhasiz, turmush darajasini oshirishga erishamiz.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va o‘z nomimdan yurtimizdagi jonkuyar ustozlarimiz, aziz murabbiylarimizni kasb bayramlari bilan tabriklayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!