MUTAXASSISLAR TURKIYA TAJRIBASINI O‘RGANMOQDA

MUTAXASSISLAR TURKIYA TAJRIBASINI O‘RGANMOQDA

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Veterenariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati ilmiy markazi rahbari va mutaxassislari Turkiya respublikasining Veterinariya nazorati markaziy ilmiy-tadqiqot instituti direksiyasida tajriba almashmoqda.
Ya’ni, doping va genetik testlar haqida ma’lumot to‘plash, identifikatsiya tizimi, hayvon kasalliklarini kuzatish va namuna olish, vaksina ishlab chiqarish va giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Turkiya Milliy oziq-ovqat nazorati direksiyasi hamda Alum institutida vaksina ishlab chiqarish va vaksina sifatini nazorat qilish bo‘yicha malaka oshirmoqda.