"Mustaqilligimizning 35 yilligi" futbol musobaqasi g'oliblari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tizim tashkilotlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Bellashuvlarda 4 ta guruhga bo‘lingan holda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Birinchi bosqichda "A" va "B" guruhi jamoalari, ikkinchi bosqichda "V' va "G" guruhi jamoalari maydonga tushdi.
"A" guruhda Sirdaryo viloyati oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi va Veterinariya dori vositalari va mahsulotlarni sinovdan o'tkazish davlat ilmiy nazorat markazi jamoasi g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, "B" guruhda — Namangan va Toshkent viloyati oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmalari peshqadam bo‘ldi.
"V" guruhida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo'mitasi Markaziy apparati va Xorazm viloyati oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi jamoalarining qo'li baland kelgan bo'lsa, "G" guruhida Samarqand viloyati va Qashqadaryo viloyati oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmalari jamoalari g'olib bo'ldi.
Final bosqichida kechgan murosasiz bahslar natijasida
3 o'ringa — Xorazm viloyati terma jamoasi loyiq topildi.
2 o'rinni — Qo'mitaning Markaziy apparati jamoasi egalladi.
1 o'rinni — Namangan viloyatining jamoasi qo'lga kiritdi.
- G'olib bo'lgan jamoalar Qo'mitaning esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
- Go'lib jamoalarga hamda turli nominatsiyalarda e'tirof etilgan xodimlarga esdalik sovgalari va faxriy yorliqlarni Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo'mitasi raisi Azizbek Urunov topshirdi.
- Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu musobaqa sport orqali jamoalarni birlashtirib, sog‘lom raqobat va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Zero, sog‘lom va ahil jamoa — samarali mehnat va yuksak natijalarning muhim omilidir.