Veterinariya dori vositalari ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazida davlatimiz rahbarining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga doir seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qo‘mitaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ko‘rsatmalar, 2024-yilda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari hamda bu boradagi me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, bu yil amalga oshiriladigan ishlar rejasi kelishib olindi.