“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

2025-yil 11-dekabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialining Chilonzor binosida soat 11:00 da tashkil etilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida Veterinariya dori vositalari va mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish davlat ilmiy nazorat markazi faol ishtirok etdi.


Tadbir davomida markaz vakillari talabalar va bitiruvchilar bilan ochiq muloqotlar olib bordilar, ular uchun:

mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ularning talablari haqida batafsil ma’lumotlar berildi;

soha mutaxassislari bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil etildi;

amaliyot (stajirovka) va ishga qabul jarayonlari bo‘yicha taklif va imkoniyatlar taqdim etildi;

kelajak karyerasini rejalashtirayotgan yoshlar uchun zarur tavsiyalar va yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlar berildi.

Tadbir talabalar uchun soha vakillari bilan yaqindan tanishish, o‘z kasbiy mahoratini rivojlantirish va kelgusidagi ish faoliyatini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Markaz tomonidan bunday tadbirlarda muntazam ishtirok etish yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatning bir qismi hisoblanadi.