Joriy yilning 24-30 may kunlari Parij shaxrida bulib utadiganJahon hayvonlar sog‘lig‘i

Joriy yilning 24-30 may kunlari Parij shaxrida bulib utadiganJahon hayvonlar sog‘lig‘i

Joriy yilning 24-30 may kunlari Parij shaxrida bulib utadigan Jahon hayvonlar sog‘lig‘i tashkilotining 92-Bosh sessiyasida ishtirok etish uchun kumita raisi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida qo‘mita raisi Baxrom Norqobilov va JHST Bosh direktori Emmanuyel Subeyran o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi do‘stona va samarali munosabatlarni yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning veterinariya sohasidagi islohotlari, xususan hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimi, yuqumli kasalliklar ustidan nazorat, taʼlim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar JHST tomonidan yuqori baholandi.

JHST bilan strategik hamkorlikning amaliy natijalari alohida qayd etildi va Samarqand shahrida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-konferensiyasi hamda “PVS Follow-up” va “PVS Akvakultura” missiyalarining muhim ahamiyati taʼkidlandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda hayvonlarning oqsil va parrandalarning yuqori patogen grippi kasalliklari bo‘yicha "kasallikdan sog‘lom xudud" maqomini olish buyicha JHST ekspertlarini jalb qilishga kelishildi.

Shuningdek, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida JHST ko‘magida amalga oshirilgan tvinning loyihasi natijalari va O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan “Model WOAH” dasturi doirasidagi tashabbuslar muhokama qilindi.

Qo‘mita raisi tomonidan ushbu dasturni JHSTning veterinariya taʼlimi bo‘yicha tavsiya etilgan birinchi kun kompetensiyalariga kiritish bo‘yicha rezolyutsiya kabul kilish tashabbusi bildirildi va ushbu taklif JHST Bosh direktori tomonidan qo‘llab quvvatlandi.

Uchrashuvda shuningdek, Bosh direktor tomonidan O‘zbekistonda veterinariya laboratoriyalarini salohiyatini mustahkamlash, xorijiy laboratoriyalar bilan tvinning hamkorlikni amalga oshirish buyicha Jahon bankining grant mablag‘lari yunaltirilishi kayd etildi.