Imtiyoz – samaradorlik kafolati

Imtiyoz – samaradorlik kafolati

Davlatimiz rahbarining “Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan qo‘mita tashabbusi bilan Mo‘g‘ulistondan naslli qo‘y-echkilar importi boshlandi.

Xo‘sh, mazkur qarorda tadbirkorlarga qanday imtiyozlar mavjud?!

Qarorga asosan havo transportida tashish xarajatlarining ellik foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov taʼminotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyatini beriladi. Chorvachilik yo‘nalishida jalb qilingan xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘larini tadbirkorlik subyektlariga yillik 10 foiz stavkada (shundan 3 foiz bank marjasi) 5 yil muddatga ikki yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Ajratiladigan kredit mablag‘lari uchun sug‘urta mexanizmidan foydalangan holda mol-mulk garov taʼminoti ellik foizgacha belgilanadi.