CHORVACHILIK SOHASIDAGI TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

CHORVACHILIK SOHASIDAGI TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida 18 iyul kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlari vakillari ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

Ochiq muloqotda sohada mavjud muammolarni muhokama qilish, ularning amaliy yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda davlat va biznes o‘rtasida samarali muloqot platformasini shakllantirish maqsad qilingan.