Qo‘mita huzuridagi Veterinariya dori vositalari va mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish davlat ilmiy nazorat markazida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi muhokama qilindi.
Oliy Majlis deputatlari, qo‘mita mutaxassislari va tadbirkorlar ishtirokidagi anjumanda prezident qarorining mohiyati, bu borada amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.