Chorvachilik sohasida Mo‘g‘iliston bilan hamkorlik davom etadi
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori Orif Bo‘tayev Mo‘g‘ulistonning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Daadankhuu Batbaatar bilan uchrashdi
Muloqot davomida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida chorvachilik sohasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan,
Mo‘g‘ulistondan import qilingan 104 ming bosh Bayat zotli qo‘ylarning mamlakatimiz iqlimiga muvaffaqiyatli moslashgani, shuningdek, mahalliy zotlar bilan seleksiya qilinishi natijasida yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishilayotgani alohida ta’kidlandi.
Muzokaralar chog‘ida hamkorlikni yanada kengaytirish jumladan joriy yilda ham Bayat qo‘ylarini olib kelish masalalari muhokama qilindi.