CHORVA XO‘JALIGIDA AMALIY O‘RGANISH ISHLARI

CHORVA XO‘JALIGIDA AMALIY O‘RGANISH ISHLARI

O‘simliklar himoyasi va veterinariya dori vositalari tahlil markazi mutaxassislari Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «Ergash Ota» chorva xo‘jaligida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganishlar davomida hayvonlardan qon hamda ozuqalardan laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun namunalar olindi.
Asosiy maqsad — chorva xo‘jaligida boqilayotgan hayvonlarning ozuqa ratsionini ilmiy yondashuv asosida tashkil etish, oziqlantirish samaradorligini oshirish hamda hayvonlar mahsuldorligini yuksaltirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish.
Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi — chorvachilik rivoji va yuqori mahsuldorlik garovi!