Joriy yilning 16–22-fevral kunlari Veterinariya dori vositalari va mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish Davlat ilmiy-nazorat markazi mutaxassislari Belarus Respublikasida malaka oshirmoqda.
Malaka oshirish doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda:
⏺ veterinariya dori vositalari va mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
⏺ ekspert hujjatlarini monitoring qilish va baholash;
⏺ laboratoriya tadqiqotlarini amalga oshirish;
⏺sertifikatlash jarayonlari.
Ushbu malaka oshirish dasturi sohada xalqaro tajribani joriy etish, milliy tizimni takomillashtirish va mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.