Aziz vatandoshlar, soha fidoiylari!

Aziz vatandoshlar, soha fidoiylari!

Aziz vatandoshlar, soha fidoiylari!

Ayni paytlarda o‘lkamizda barchamiz orziqib kutgan Navro‘z bayrami shukuhi kezib yuribdi. Ming yillar davomida ma’naviy-madaniy hayotimizning go‘zal ziynati bo‘lib kelayotgan bu xosiyatli ayyom qalblarimizga cheksiz quvonch va shodlik bag‘ishlaydi.

Shunday fayzli ayyomda barcha yurtdoshlarimizga, sohada fidoiylik bilan mehnat qilayotgan aziz vatandoshlarimizga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlarning mazmun-mohiyati hamda sohaga doir qaror va farmonlarning ijrosini ta’minlashda siz azizlarning munosib hissangiz bor.

Alohida e’tirof etishim kerak, Prezidentimizning veterinariya va chorvachilik sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab farmon va qarorlari qabul qilinib, soha oldida turgan qator vazifalar belgilab berildi.

Shu kabi tarixiy hujjatlar mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohalaridagi islohotlarning yangi bosqichga qadam qo‘yganidan dalolatdir.

Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi, shuningdek epizootik osoyishtalikni barqaror ta’minlash, aholi uchun sifatli va arzon chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berish hamda chorva mollari naslini yaxshilash, mahsuldorlikni oshirish Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi zimmasidagi ulkan mas’uliyatdir.

Bu borada mamlakatimizdagi chorvachilik subyektlarida mahsulot yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha ulkan sa’y-harakatlar olib borilayotganligini ta’kidlamoqchiman.

Hurmatli yurtdoshlar!
Fursatdan foydalanib, barchangizni, jumladan yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha veterinar hamda chorvadorlarni yangilanish va yosh arish ayyomi – Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

Sizlarga sog‘liq-salomatlik, baxtu-saodat, xonadoningizga fayzu baraka va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Muborak Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ kelsin!

Bahrom NORQOBILOV,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi.