Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi institutining O‘simliklarni himoya qilish va veterinariya dori vositalari tahlil markazi xodimlari joriy yilda Andijon viloyatida tashkil etilgan amaliy-ko‘rgazmali seminarda ishtirok etdilar.
Seminar Andijon viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga qarashli, Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi ishtirokida amalga oshirilgan “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida moliyalashtirilib, 2021-yilda qurilgan veterinariya klinikasida tashkil etildi.
Bunday amaliy seminarlar mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, bilim va malakalarni mustahkamlash hamda veterinariya sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.