Tadbir doirasida markazda faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar tomonidan o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar yo‘nalishidagi yangiliklar bilan tanishishdi.
Tadbirda markaz rahbariyati yoshlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ularning ilm-fan yo‘lidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladi. Yoshlar esa o‘z navbatida bu kabi tadbirlar ularga katta ilhom bag‘ishlashini va kasbiy mahoratlarini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tishdi.
Yoshlar – yurt kelajagi! Ularning salohiyati va faolligi bilan Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan bu kabi tashabbuslar bardavom bo‘lsin!