11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni
1 / 5

11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

O'simliklarni himoya qilish va veterinariya dori vositalari tahlil markazida "Kasaba uyushmalari" kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Markaz direktori Alimov.I.A barcha xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning mehnat faoliyati, jamoa ishlaridagi faolligi, fidoyiligi va Markaz rivojiga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan, mas’uliyat va yuqori saviyada bajarib kelayotgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan bir guruh xodimlar Markaz direktorining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Tadbirda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat jamoasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda har bir xodimning mehnatini munosib rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Barcha xodimlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, farovonlik va mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz

Kasaba uyushmalari kuni muborak bo‘lsin!